Xivada Xalqaro bahodirlar öyinlari boşlanadi

Matn6-iyun, 2019, 17:571 daqiqa0 koʻrish

​​​Ertaga Xiva şahrida ilk marotaba Pahlavon Mahmud nomidagi Xalqaro bahodirlar öyinlariga start berilar ekan.

Ğoya juda yoqdi. Tarixiy siymolarimizning nomini mana şunaqa yöllar bilan brendga aylantirsa böladi, bunday öyinlar turistlar uçun ham qiziq.

Bolaligimizda «Sport» telekanali orqali World’s Strongest Man öyinlarini juda sevib tomoşa qilardik. Jidrunas Savitskas, Vasiliy Virastyuk, Brayan Şou, Magnus Samuelsonlarning bahodirligini körib hayratlanardik. Şaxsan men polşalik Mariuş Pudzyanovskiyning aşaddiy muxlisi edim.

Ertaga boşlanadigan xalqaro musobaqa motivatsiya bölib, bizda ham dunyo darajasidagi bahodirlar yetişib çiqsa ne ajab.

Musobaqaga qiziqqanlar http://strongmen.uz sayti orqali maʼlumot olişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek