Vertolyotda sayohat qiliş narxi böyiça maʼlumot töğrilandi

Matn2-iyul, 2018, 17:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz#Рақам. Тошкентдан Зарафшон тоғ тизмаларига 🚁вертолётда сайр қилиш қанчага тушади? (Жавоб: Анчага) https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Mana bu rasmdagi narxlar notöğri ekan. Zarnews naşridan olib, "Daryo" xabar bergan edi, biroq vertolyotda sayohat kişi boşiga 18 mln. sömdan töğri kelişi haqiqatga töğri kelmas ekan.

Zarnews naşri esa, heç narsa bölmaganday sekingina xabarini tahrirlab qöyibdi.

Keyinçalik Zarnews`ning xuddi şu xabariga asoslanib "Xalq sözi" xabar berdi, lekin bu paytga kelib avvalgi notöğri xabar töğrilangan edi. Sal vaqtliroq yozgani uçun örtada Daryo jabr çekdi, ular tayyorlagan rasm allaqaçon köp joyda tarqalib bölgan edi.

Gapning indallosi, hisob-kitobga köra, sayohat bahosi jami 91 million 863 ming 536 sömni taşkil etadi. Guruhda 1 kişidan 16 (ayrim vertolyotda 20) kişigaça bölişi mumkin. Agar 16 kişi bir vaqtda sayohatga çiqqan taqdirda, bir kişi sayohat uçun jami bölib 5 million 741 ming söm (ayni vaqtdagi kurs böyiça 731 dollar) sarflaşi kerak böladi.

13 mln.ga arzonroq ekan xullas. Vertolyotda sayohat qiliş kişi boşiga "atigi" 6 mln.ga yaqin ekan xolos.

Vertolyotda sayohat yangilik bölgani uçun, tuşunmovçiliklar ham bölib turadi, menimça, bu normal holat.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek