Vatanparvar blogerlar virtual guruhini taşkil etiş taklifi

Matn13-aprel, 2020, 14:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Trollar fabrikasini rasmiylaştirişmoqçimi?

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Içki işlar vazirligi tomonidan juda qiziq hujjat loyihasi muhokama uçun eʼlon qilindi. Undagi bitta band eʼtiborimni tortdi. Keling, yaxşisi Siz ham öqib köring:

https://regulation.gov.uz/uz/document/16692

ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI LOYIHASI

Voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida

«Y Ö L X A R I T A S I»

Tadbir nomi:

9. Özbekiston Yoşlar ittifoqi aʼzolari, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va köngilli yoşlar iştirokida vatanparvar blogerlar virtual guruhini taşkil etiş, ular yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlarni aniqlaş hamda tarmoq foydalanuvçilarini ularning taʼsir doirasiga tuşib qolişlarining oldini oliş maqsadida bildirilayotgan salbiy fikrlarga murosasizlik muhitini yaratiş.

Bajariş muddati:

2020-yil 1-maydan boşlab doimiy

Masʼul ijroçilar:

Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi (Saʼdullayev)
Oliy va örta-maxsus taʼlim vazirligi (Majidov)

===

Ajoyib, şunday emasmi? Trollar fabrikasiga şon-şaraflar bölsin!!!

Izoh: mazkur hujjat loyihasi böyiça Yoşlar ittifoqi raisi Alişer Saʼdullayev bilan boğlandim, uning aytişiça Ittifoqning uşbu loyihani işlab çiqişga mutlaqo aloqasi yöq, ular keça bu bandni rasman rad etgan hamda loyihadan çiqarib taşlaşni söraşgan.

Izoh-2: Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda TATU rasmiylari ham uşbu qaror loyihasiga aloqasi yöq ekanligini taʼkidlaşdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek