Vaqtinçalik propiskani onlayn olişdagi muammolar

Matn12-fevral, 2019, 10:191 daqiqa0 koʻrish

«Vaqtinçalik propiska»ni onlayn oliş osonmi?

ziyouz.uz portali asosçisi Davronbek Tojialiyev özining Feysbukagi sahifasida vaqtinçalik propiskani my.gov.uz portali orqali oliş tartibi haqida boşidan ötganlarini yozibdi.

Jarayon unçalik ham oson emas. Noqulayliklari va dahmazasi köp. Lekin körsatilgan muammolar bartaraf etilsa, xalqning oğirini yengil qiladigan foydali onlayn xizmatga aylanar edi.

Menimça, Davronbek aka yozgan blogpost içki işlar vazirligidagi mutasaddilar uçun tayyor yöl xaritasi böla oladi.

Xususan, muallif quyidagi takliflarni bildirgan:

1. Xizmat pasportida jarayon haqida batafsil maʼlumot, rasmli yöriqnoma, davlat bojini qayerga tölaş kerakligi, savol tuğilganda kimga va qaysi raqamga murojaat etiş kerakligi yozilişi kerak.

2. Ariza töldirişda 16 yoşgaça bolalarni kiritiş qismi bor. Şuni oila aʼzolari deb özgartirilsa va "turmuş örtoği" degan band ham kiritilsa. Şunda bitta arizaga bir oilani kiritib böladi. Şunda alohida ERI va röyxatdan ötiş talab qilinmasdi. Hisobga oliş varağida bolalari kiritilganidek, turmuş örtoğini ham kiritiş yoki u uçun alohida hisobga oliş varağini şakllantiriş mumkin.

3. Bu xizmat uçun davlat bojini Payme yoki Click orqali tölaşni yölga qöyiş kerak. şunda yana bir ovoragarçilikka çek qöyilardi.

Agar Sizga qiziq bölsa, quyida blogpostni töliq öqib çiqişingiz mumkin 👇

https://telegra.ph/Vaқtinchalik-propiskani-onlajn-olish-osonmi-02-12

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Toşkentda MGIMO filiali iş boşlaydi

    01 daqiqa

Yana oʻqing