Said Ahmadning Ot bilan suhbat hikoyasi mutolaasi
Keçki mutolaa
(öqiş uçun atigi 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Hurmatli, kitobxon. Köpçilik sevimli adibimiz Said Ahmad ijodidan namuna söraşgandi.
Albatta Said Ahmadni eng avvalo komediya janridagi, kulgiga boy asarlari bilan köproq eslaymiz. Sababi adibning özi ham hayotda juda quvnoq inson bölganligi, mohirona hazil qilişda unga yetadigani yöqligi haqida ham köp eşitganmiz, öqiganmiz.
Ammo bugun Said Ahmadning biroz jiddiy hikoyasini tanladik. Bu bilan marhum adibimizning naqadar serqirra ijodkor bölganligiga kiçik işora qilmoqçimiz.
Hikoyada tilgan olingan otning hayoti unça-munça temir yuraklarni ham örtab yuborsa kerak. Adib hikoyada yaxşi bir ritorik savolni örtaga taşlaydi: qançalar rahmsiz bölib ketganmiz-a?!
Yoqimli mutolaa tilayman!
Said Ahmad. Ot bilan suhbat (hikoya)
👉 https://teletype.in/@xushnudbek/HJZTkfJSV
P.S.: Aytgança, hikoya boşida tilga olingan Urgutdagi ot qabri rostdan bormikin? Agar öşa qabr bölsa va agar yozuvçi aytgan voqea haqiqatdan sodir bölgan bölsa, unda bu haqida şedevr film işlaş mumkin! Xatikodan qolişmaydigan film bölişi aniq.
Quyida mazkur hikoyani muhokama qilişingiz mumkin 👇
#keçki_mutolaa

