Toşkentda MGIMO filiali iş boşlaydi
Yana bir xorijiy OTM filiali iş boşlaydi!
Joriy yilning sentabr oyidan Özbekistonda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) filiali iş boşlaydi. Bu haqida Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taşqi işlar vazirligida Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidovning mamlakatimizga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti delegatsiyasiga boşçilik qilib kelgan mazkur oliy taʼlim muassasasining prorektori Artyom Malgin bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda bahorda Toşkent şahrida "MGIMO" bitiruvçilarining V Xalqaro forumini ötkaziş va institut filialini oçiş bilan boğliq amaliy jihatlar muhokama qilindi.
«MGIMO»ning Toşkent filiali joriy yilning sentabr oyidan bakalavriat va magistratura yönalişlari böyiça tölaqonli faoliyat körsata boşlaşi rejalaştirilmoqda.
Maʼlumot uçun. MGIMO QS xalqaro reytingida 355-örinda qayd etilgan, yaʼni TOP-500 ga kiritilgan. Lekin negadir THE hamda ARWU xalqaro reytingida MGIMO hatto TOP-1000 talikka ham kiritilmagan.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

