Özbekistonda Yuksaliş umummilliy harakati taşkil etildi

Matn18-yanvar, 2019, 10:432 daqiqa0 koʻrish

​​Özbekistonda yangi umummilliy harakat taşkil etildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019-yil 17-yanvardagi Farmoniga asosan, «Yuksaliş» umummilliy harakati – nodavlat notijorat taşkiloti hamda uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida hududiy bölinmalarini taşkil etildi.

«Yuksaliş» umummilliy harakati fuqarolar, xorijda yaşayotgan vatandoşlar va nodavlat notijorat taşkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlaştiradi.

Umummilliy harakatning asosiy maqsadi rejalaştirilgan islohotlarni, şu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oşirişga kömaklaşişdir, şuningdek:

xalq va biznes hamjamiyati bilan oçiq muloqotni yölga qöyadi;

jamoatçilik nazoratining samarali tizimini şakllantiradi;

davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari, şuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoşlarning saʼy-harakatlari va kuçlarini safarbar etadi;

rejalaştirilgan, şu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oşirilişi jarayonini Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarida muhokama qilişda faol iştirok etadi;

Oliy Majlisi palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni muntazam kiritib boradi.

Umummilliy harakat rahbari Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari orasidan, hududiy bölinmalar rahbarlarini xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari deputatlari orasidan saylaş, ular bir vaqtning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimining maslahatçisi hisoblanadi.

Umummilliy harakat raisligiga «Taraqqiyot strategiyasi» markazining sobiq direktori Akmal Burxonov saylangan.

Fursatdan foydalanib, yangi Umummilliy harakat faoliyatiga omad tilaymiz.

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek