Töy kortejlaridagi dabdababozlik va Senat qarori
Senat qarorining birgina qismini misol tariqasida olsak, töy kortejlaridagi dabdababozliklar köpinça haddan oşib ketadi.
«Sendan men zör» qabilida öz boyligini köz-köz qilmoqçi bölganlar ortidan yöllarda qança avtohalokatlar bölib, odamlar bevaqt ölib ketayotgan bölsa ham, baribir bu odatlar yöqolmayapti.
Şaxsan özimning töyimda kortejda 3 ta maşina bölgan: Mersedes, Lasetti va Spark (videoçilar uçun). Uçalasi ham döstlarimizniki. Birovdan kam, könglim öksik bölib qolganim yöq yoki bu oilaviy baxtimni kamaytirib qöymadi. Xalq ham ustimdan kulmadi, odamlar oldida şarmanda bölmadim.
Umuman olganda kortejdagi maşinalar soni mutlaqo heç narsani anglatmaydi-ku.
Undan köra, kortejdagi 10-20 ta dabdabali maşinaga ketadigan bir neça ming dollarlik xarajatni yetimlarga ehson qilib, qurilajak oila uçun duo olgan ming marta yaxşi emasmi?
