Talabalar uchun 100 000 dollarlik mGovAward tanlovi
Talabalar uçun mukofot jamğarmasi 100 000 AQŞ dollari bölgan tanlov eʼlon qilindi
Birlaşgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida Özbekistonda davlat mobil ilovalarini işlab çiqiş böyiça birinçi «mGovAward» respublika tanlovi eʼlon qilindi.
«mGovAward» tanlovida iştirokçilar Özbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilişga yordam beradigan mobil ilova yaratişlari kerak böladi.
Talabalar 5 yönalişda özlarini sinab körişlari mumkin:
👉 Taʼlim;
👉 Soğliqni saqlaş;
👉 Turizm;
👉Transport va logistika;
👉 Biznes va G2B.
Tanlovning asosiy mezonlari: ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanişda oddiyligi.
Tanlovga arizalarni qabul qiliş joriy 26-sentabrda AKT haftaligi doirasida boşlanadi.
Tanlovning mukofot jamğarmasi - $100,000:
1️⃣-öringa - $50,000;
2️⃣-öringa $30,000;
3️⃣-öringa $20,000.
Şuningdek, ğoliblar Birlaşgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnaşiş huquqini qölga kiritadilar.
2019-yil 26-sentabrda «Özekspomarkaz» MKK AJda bölib ötadigan «mGovAward» konferensiyasida tanlov haqida töliq maʼlumot beriladi.
Tanlov veb-sayti: www.mgovaward.uz
👉 @xushnudbek 👈
