mGovAward tanlovi uchun arizalar qabul qilinmoqda

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

​​​​​​Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSh dollariga teng bo'lgan "mGovAward" tanlovga arizalarni qabul qilish davom etmoqda! ⚡️⚡️⚡️

"mGovAward" - bu O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan bo'lgan hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha respublika tanlovidir. 🇺🇿➕🇦🇪

Ishtirokchilar 5 yo'nalish bo'yicha o'z kuchlarini sinab ko'rishlari mumkin:

🔸 Ta'lim
🔸 Sog'liqni saqlash
🔸 Turizm
🔸 Transport va logistika
🔸 Tadbirkorlik

Tanlovning asosiy mezonlari quyidagilar:

▫️ bo'lajak dasturning samaradorligi
▫️ uning innovatsionligi
▫️ foydalanishda qulayligi

Tanlovning mukofot jamg'armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:

1️⃣ birinchi o‘ringa 50.000$
2️⃣ ikkinchi o'ringa - 30.000$
3️⃣ va uchinchi o'ringa - 20.000$ atalgan.

Shoshiling, arizalarni qabul qilish 2020-yilning 15-yanvargacha davom etadi! 😱 Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://it-park.uz/uz/mgovaward-uzb/

Ariza qoldirish - http://bit.ly/mgovaward_tg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek