Töyda kelinni urgan kuyovga nisbatan maʼmuriy iş qözğatildi

Albom15-iyun, 2022, 19:182 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Töyda kelinni urgan "mard" kuyovtöraga qarşi maʼmuriy iş qözğatildi

2022-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bölgan nikoh töyi marosimida kelin va kuyovga öralgan holda şirinlik berilib, uni kim birinçi bölib oçiş öyini ötkazilgan.

Öyinda kelin birinçi şirinlikni oçganligi sababli bu holatdan kuyovning jahli çiqib kelinni bir marotaba urgan.

Mazkur holatda Uzun tumani IIB tomonidan fuqaro X.R. (kuyov) ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy iş qözğatilib, töplangan hujjatlar körib çiqişlik uçun sudga yuborildi.

Bundan taşqari, kuyov va kelin hamda ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat ötkazildi, deyiladi Boş prokuratura xabarida.

Avvalroq bu video 2 yil oldin olingani, hozir ularning alohida oilasi borligi haqida xabarlar tarqalgandi, lekin bu öz isbotini topmadi, bu yaqinda bölgan voqea ekan. Suratdan körinib turibdiki, kelin-kuyov birga yaşamoqda. "Özbekçilik" deb qöyişibdi buni.

👉 @xushnudbek 👈

  • 😁 1690
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek