Töy-haşamlarni tartibga soluvçi yangi tartiblar belgilanmoqda
Senat töy-haşamlarni tartibga soluvçi qaror qabul qilişi kutilmoqda
Bugun Oliy Majlis Senati Kengaşi va Qonunçilik palatasi Kengaşining majlisi bölib ötdi. Uşbu majlisda jamoatçilik vakili sifatida men ham iştirok etdim.
Yiğiliş kun tartibida uçta masala muhokama qilindi:
1. Töy-haşamlarni tartibga solişga oid qaror;
2. Oliy Majlis huzurida Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça jamoatçilik kengaşi tuziş;
3. Ombudsman Kotibiyati faoliyatini yanada takomillaştiriş.
Köpçilikka qiziqroq bölgani uçun töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga solişga oid qaror haqida maʼlumot bersam.
Qaror bilan tasdiqlanadigan nizomning muhim qoidalari quyidagilar:
👉 oilaviy tadbirlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oraliğida ötkaziladi. Dafn etiş marosimi bundan mustasno. Soat 23:00-dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirişga yöl qöyilmaydi;
👉 Oilaviy tadbirlarda 200 nafargaça, mazkur tadbirlar munosabati bilan oş beriş marosimida 250 nafargaça kişi qatnaşadi;
👉 Qöşaloq töy-haşamlarda 250 nafargaça, u bilan boğliq oş beriş marosimida 300 nafargaça kişi qatnaşişi mumkin;
👉 Töy kortejida 3 tadan köp maşina bölişi mumkin emas. Kortejdagi maşinalarning litsenziyasi bölişi şart;
👉 Töy-haşamlar egasi kamida bir hafta oldin yaşaş joyidagi mahallani xabardor qilişi şart;
👉 Marosimda diniy maʼruza közda tutilgan bölsa, uni din idorasining vakolatli vakili öqişi şart;
👉 Odob-axloq qoidalariga zid bölgan turli şoularni, ortiqça vaqt va xarajat talab qiladigan oilaviy tadbirlardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qöşimça rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “çorlar”, “ota kördi”, “sep yoydi”, “quda çaqirdi”, “kuyov çaqirdi”, “kelin çaqirdi”, “toğora yuboriş” va hokazolarni) ötkaziş taqiqlandi;
👉 Oilaviy tadbirlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat körsatişiga yöl qöyilmaydi;
👉 Töyxona va restoran, video-foto xizmatlari, kortej maşinalari, sanʼatkorlar, boşlovçi, raqs jamoasi va h.k. xizmatlar fuqarolar bilan qatʼiy şartnoma tuziş orqali körsatilişi şart.
Mazkur qaror bugun soat 15:00-da bölib ötadigan Senatning yalpi majlisida körib çiqiladi va senatorlar qöllab-quvvatlasa, qabul qilinişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
