Töy-haşamlarni tartibga soliş töğrisidagi qaror kuçga kirdi
Töy-haşamlar töğrisidagi qaror kuçga kirdi
Bugundan (2020-yil 1-yanvar) boşlab, töy-haşamlarni tartibga soliş haqidagi Senat va Qonunçilik palatasining qöşma qarori (yuridik jihatdan kuçi Qonunga teng) kuçga kirdi. Unga köra, tartib quyidagiça:
👉 töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun (dafn etiş marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraliğida ötkaziladi;
👉 Soat 23:00-dan keyin töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni davom ettirişga yöl qöyilmaydi;
👉 töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda 200 nafargaça, mazkur tadbirlar munosabati bilan oş beriş marosimida 250 nafargaça kişi qatnaşadi;
👉 qöşaloq töylarda 250 nafargaça, u bilan boğliq oş beriş marosimida 300 nafargaça kişi qatnaşişi mumkin;
👉 dafn etiş va motam marosimlari köpi bilan uç kun mobaynida çeklanmagan miqdordagi fuqarolar iştirokida ötkazilişi mumkin, oş beriş marosimi bundan mustasno;
👉 töy ötkazuvçi şaxslar töydan kamida bir hafta oldin yaşaş joyidagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlarini xabardor qiladi;
👉 töy kortejlarida 3 tadan köp bölgan yengil avtomaşinadan foydalaniş taqiqlanadi;
👉 töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda diniy mavzuda maʼruza közda tutilgan bölsa, uşbu maʼruza diniy taşkilotning vakolatli vakili tomonidan öqiladi;
👉 milliy anʼanalarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bölgan turli şoularni, ortiqça vaqt va xarajat talab qiladigan töylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qöşimça rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “çorlar”, “ota kördi”, “sep yoydi”, “quda çaqirdi”, “kuyov çaqirdi”, “kelin çaqirdi”, “toğora yuboriş”, “pul soçiş” va hokazolarni) ötkazişga yöl qöyilmaydi;
👉 dafn etiş va motam marosimlari bilan boğliq ortiqça tadbirlarni (“yetti”, “payşanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “yil oşi”, “pul tarqatiş”, “mato ulaşiş” va hokazolarni) ötkazişga yöl qöyilmaydi;
👉 töyxona, kafe va restoranlarda 50 va undan ortiq şaxs iştirokida töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkaziş uçun tadbir ötkazuvçi şaxs hamda töyxona, kafe va restoran rahbari örtasida şartnoma tuziladi;
👉 töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boşlovçi, söz ustasi, fotograf va boşqalar) qonun hujjatlariga muvofiq şartnoma asosida xizmat körsatadi.
👉 töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat körsatişiga yöl qöyilmaydi.
