Tuğilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylaştiriş narxlari
Tuğilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylaştiriş qançaga tuşadi?
Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda FHDY idoralari xodimlari tomonidan tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalarni rasmiylaştirişda ortiqça mablağ undirilayotgani töğrisida izohlar köpaydi.
Davlat xizmatlari agentligi uşbu masala yuzasidan munosabat bildirib, FHDYOda qança tölov qiliş kerakligi haqida maʼlumot berdi:
1) FHDY bölimi tomonidan yangi gerbli guvohnomalar berganlik uçun (ölim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) gerb yiğimining miqdori –
bazaviy hisoblaş miqdorining 15% (33 ming 450 söm) etib belgilangan.
2) şuningdek, FHDY organlari quyidagi ixtiyoriy pullik xizmat uçun haq undirişi mumkin:
a) fuqarolik holatlari dalolatnomalari böyiça huquqiy tuşuntiriş beriş va ularga tegişli özgartiriş kiritiş uçun –
bazaviy hisoblaş miqdorining 10% miqdorida (22 ming 300 söm);
b) arizalarni töldirişda yordam berganlik uçun –
bazaviy hisoblaş miqdorining 2% miqdorida (4 ming 460 söm);
c) sayyor tartibda nikohni tantanali qayd etiş (transport xarajatlaridan taşqari) uçun –
bazaviy hisoblaş miqdorining 100% miqdorida (223 ming söm) ixtiyoriy pullik xizmat undirilişi mumkin.
3) tuğilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik töğrisida, ölim haqidagi yozuvlar özgartirilganligi, ularga qöşimçalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uçun –
bazaviy hisoblaş miqdorining 10% miqdorida (22 ming 300 söm) davlat boji undiriladi.
❗️Uşbu davlat boji faqat avval guvohnoma olingan bölsayu, keyinçalik unga özgartirişlar kiritilganda tölanadi. Birinçi marta guvohnoma olinayotganda davlat boji undirilmaydi.
Agar Siz FHDY idoralarida belgilangan tölovlardan ortiqça mablağ talab qilinişi holatlariga duç kelsangiz, Davlat xizmatlari agentligining 1148 telefoni orqali darhol xabar bering.
👉 @xushnudbek 👈

