Toşkentda olib qoçib ketilayotgan Lacetti töxtatib qolindi

Matn29-oktabr, 2019, 21:071 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​Olib qoçilayotgan maşina töxtatib qolindi

27-oktabr kuni erta tongda Bektemir qörğonidan bir fuqaroning qarovsiz qoldirilgan «Lacetti» rusumidagi avtomobili olib qoçilgan. Söng tezkor tartibda Toşkent şahri böyiça «tösib uşlaş» maxsus rejasi amalga kiritilgan. Soat taxminan 6:35 larda öz şaxsiy maşinasida navbatçilikdan uyga qaytayotgan Çilonzor tumani Jamoat tartibini saqlaş bölinmasi boşliği, podpolkovnik T.Rixsiyev maxsus rejadan xabar topadi va Bunyodkor şoh köçasida qidirilayotgan maşinani töxtatiş maqsadida yölni tösadi hamda qoçib kelayotgan şaxsga töxtaş işorasini beradi.

Ammo qoçayotgan şaxs forma kiygan xodimni körib, qörqib ketadi va maşinaning çap tomoni bilan töğri uning maşinasiga kelib uradi. Natijada özi ham muvozanatni yöqotib, beton tösiqqa uriladi. Şundan söng, maşinadan tuşib, voqea joyidan qoçişga urinadi. Biroq töqnaşuv natijasida jarohat olgan bölişiga qaramasdan, T.Rixsiyev uning ortidan 150 metrça quvib borib, qölga oladi va patrul-post xizmatiga topşiradi. Şunaqa fidoiy xodimlar baraka topsin!

Olib qoçilayotgan maşinada çiqqan yonğin FVV YOHB xodimlari tomonidan tezda öçirilgan. Hozirda mazkur holat böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Maşinangizni qarovsiz, oçiq qoldirmang. Özingga ehtiyot böl, qöşningni öğri tutma.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek