Siyosiy partiyalar liderlari va Boş vazir nomzodi masalasi
Manba:davletovuz
Siyosiy partiyalar liderlari hukumatni boşqara olmaydimi?
2015-yil yanvar oyida parlament qöşma majlisida Boş vazir nomzodi yuzasidan fraksiyalar liderlari sözga çiqib, öz pozitsiyalarini maʼlum qilişgan edi. Öşanda Islom Karimov “Milliy tiklaniş” rahbariga murojaat qilib, partiya saylovda ğalaba qozonsa, kimning nomzodini ilgari suradi, deb sörab qolgan edi.
Sarvar Otamurodov kutilmagan savoldan hayajonlanib, aslida partiya lideri sifatida mening nomzodim körsatiladi, lekin hali tayyor emasman, degandek gap qilgan edi...
Siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilişi mumkin bölgan nomzodlarning aksariyati (barçasi) hukumat aʼzolari, yaʼni parlament ertaga nazorat qilişi, vaqti-vaqti bilan tanobini tortib qöyişi kerak bölgan amaldorlar ekan. Göyoki Özbekistonda hukumat koalitsion-u, partiyalar saylovda qölga kiritgan örinlariga qarab hukumatda vazirlar portfelini egallaydi.
Nega biror partiya öz liderini Boş vazir sifatida körmaydi? Prezident saylovida qatnaşgan (qatnaşadigan) partiya lideri hukumatni boşqara olmaydimi? Mantiq dam oladi, xullas.
Yaşillar yana öz repertuarida. "Özkimyosanoat" raisini Boş vazir qilmoqçi bölgan Ekopartiyaning mantiğiga izoh kerak emas. Öşa röyxatga “Özatom”ni kiritib qöyişsa bölardi yana. Yoki "Navoiyazot" raisini.

