Öqituvçilarning Qozoğistonga borgani uçun oyligi kesilmoqda
Toşkent maktablarida yangi odat çiqibdi: Qozoğistonga çiqib kelgan öqituvçilarning iş haqidan uşlab qoliş topşiriği berilganmiş.
Buni öqituvçi bölib işlaydigan ayolning şaxsan özidan eşitmaganimda, aniq işonmagan va miş-miş degan bölardim.
Bilamizki, çegaralar bilan boğliq vaziyat yumşagandan söng, qöşni Qozoğistonga bozor qiliş uçun minglab insonlar oqib bora boşladi. Asosan Çernyayevka bozorga, erinmaganlar esa undan ham uzoqroq Çimkentga borib kelişyapti. narxlar sezilarli darajada arzon, kimdir kilolab şirinlik olgan, kimdir töliq ust-boş qilgan, kimdir televizor qöltiqlagan, kimdir muzlatgiç orqalagan va h.k. Ha, nima, arzon bögandan keyin, iqtisodiy foyda olgandan keyin olib kelsa nimasi yomon? Öğirlik qilmayaptiku, olsa özini puliga olyapti.
Xullas, kim, qaysi "aqlli kalla" topşiriq bergan bilmadimu, öqituvçilarning pasportini tekşirişib, Qozoğistonga borib kelgan bölsa (çegarada muhr bosişadi), öşa kuni uçun oylik iş haqini kesişmoqçi emiş (hali kesişmagan, may oyi yakuniga möljallaşyapti).
Albatta savol tuğiladi (men ham şunaqa söradim), asosiysi iş vaqtida iş joyida bölgan bölsa, darsini vaqtida ötgan bölsa, unda maktab uçun nima farqi bor öqituvçi böş vaqtida qayerga borganini? Aytişlariça, ayrim öqituvçilar iş vaqtini tugatib, keçki payt "ğiz" etib Çernyayevkaga borib kelişgan. Pasportga bosilgan peçatda vaqti yozilmaydi, faqat kuni bosiladi. Şu sababli aynan iş vaqtidan keyin borganini isbotlab berişi kerak emiş. Tovba, nima öqituvçi jinoyatçimidiki, çegara postiga borib, videoni kötartirib, özini soat neçida qöşni davlatga çiqib kelganini isbotlasa?!
"Balki sen öşa kuni işga kelmagandirsan", deyişayotganmiş. Hey, aqlinga seni, öşa kuni öqituvçi darsini ötganmi? Öqituvçi darsga kelmagan bölsa, maktab rahbariyati öşa zahoti biladiku! Agar işga çiqmagan bölsa, tuşunarli, u xoh qozoqqa borgan bölsin, xoh uyida yotgan bölsin, baribir tegişli içki tartib böyiça jazosini olsin. Lekin öqituvçi darsini töliq ötgan bölsa, unda yana qanday eʼtiroz bor beçora öqituvçiga?
Nima emiş, KRU tekşirsa, "öqituvçi çet davlatda bölgan kuni nega oylik tölagansan", deb jarimaga tortarmiş va pulni qaytartirarmiş...
Menimça, öqituvçilar boşiga muammo yaratiş böyiça, jahonda birinçi örinda tursak kerak. Birorta boşqa davlat bizning oldimizda ip eşolmaydi. Biz sevadigan ibora bilan aytganda - "muqobil varianti yöq".
Öylaşmaydiki, şu öqituvçilar (boşqa insonlar ham) Qozoğistonga nima uçun borişyapti? Öyin-kulgu, sayohat yoki dengiz böyida dam oliş uçunmi? Nima uçun oğirdan-oğir yuklarni kötarib, savdo qilib kelişyapti, köngilxuşlik uçunmi? Uzundan-uzun navbatlarda turib, çegaraçilarning qoş-qovoğiga qarab, savdogarlar bilan nima uçun talaşib-tortişişyapti, şunçaki zerikkani uçunmi? Yöq, yöq va yana yöq! 3-4 söm foyda bölsin, oilamga nafim tegsin, oladigan plyus-minus 1 mln oyligim biroz bölsada köproq narsaga yetsin, degan öy-fikr bor hammasining boşida (albatta şunçaki qiziqişdan boradigan boylar bundan mustasno).
Bilmadim, yana qanday muammolar öylab topişarkina, hayronman.
Baraka topgur ijroçi-rahbarlar, odam bölib keldik, odam bölaylik, elu yurt dardiga malham bölaylik...
P.S: Balki bu tekşiruv faqat öqituvçilarga taalluqli emasdir, balki boşqa taşkilotlarda ham xodimlar uçun “border control” boşlangandir. Yana ham kim bilsin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 8


