Tez tibbiy yordam xodimlariga 200 mlrd söm beriladi

Matn30-iyul, 2020, 20:491 daqiqa0 koʻrish

Manba:UzA | Tezkor xabarlar

❗️Tez tibbiy yordam xodimlariga jami 200 mlrd söm moddiy rağbatlantiriş beriladi

Avvalroq, Prezidentning tegişli farmoniga (PF-6038-son, 30.07.2020y) asosan, respublika byudjetidan tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga bir martalik pul mukofoti beriş uçun 100 milliard söm mablağ ajratilgani xabar qilingandi.

Şuningdek, uşbu maqsadlar uçun taniqli tadbirkor vatandoşimiz Alişer Usmonov tomonidan qöşimça ravişda 100 mlrd söm (10 mln AQŞ dollari ekvivalentida) miqdorida homiylik xayriyasi ajratildi.

Hukumatning tegişli qaroriga (№458, 30.07.2020y) köra, koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraş uçun jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy rağbatlantiriş tölovlari beriladi:

• vraç xodimlarga - 5 mln söm;
• örta tibbiyot xodimlariga (feldşer va sanitarlar) - 4 mln söm;
• haydovçilarga - 3 mln söm.

Uşbu tölovlar 1-iyungaça işga qabul qilingan xodimlarga nisbatan qöllaniladi.

➡️ @uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek