400 mingdan köproq oilalarga moddiy yordam pullari beriladi
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
⚡️400 mingdan köproq oilalarga moddiy yordam pullari tarqatiladi
Şavkat Mirziyoyev bugun «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmonga (PF-6038-son) imzo çekdi.
Unga köra:
👉 moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan va aʼzolari 1,7 million nafardan ortiq bölgan 400 mingdan köproq oilalarga byudjetdan bir martalik moddiy yordam körsatiladi;
👉 moddiy yordam pullari ehtiyojmand oilalarga 15-avgustga qadar yetkaziladi;
👉 Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumşatiş maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Respublika byudjetidan:
➖ moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş uçun “Saxovat va kömak” jamğarmasining hududiy bölimlariga 200 milliard söm;
➖ tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga (vraç, feldşer, sanitar va haydovçilar) bir martalik pul mukfoti beriş uçun 100 milliard söm mablağ ajratiladi.
➡️ @uzauz



