Özbekistonda ehtiyojmand oilalarga 150 mlrd söm tarqatiladi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Va nihoyat xalqqa pul tarqatilyapti
ÖzA (@uzauz)ning xabar berişiça, 2 kun içida jami 150 mlrd söm hududlar kesimida moddiy yordam sifatida tarqatiladi:
Qoraqalpoğiston Respublikasi - 10 mlrd;
Andijon viloyati - 10 mlrd;
Buxoro viloyati - 10 mlrd;
Jizzax viloyati - 5 mlrd;
Qaşqadaryo viloyati - 20 mlrd;
Navoiy viloyati - 5 mlrd;
Namangan viloyati - 10 mlrd;
Samarqand viloyati - 10 mlrd;
Surxondaryo viloyati - 10 mlrd;
Sirdaryo viloyati - 5 mlrd;
Toşkent viloyati - 10 mlrd;
Farğona viloyati - 10 mlrd;
Xorazm viloyati - 10 mlrd;
Toşkent şahri - 25 mlrd.
Misol uçun, Qaşqadaryo viloyat hokimligining bergan xabariga köra, 20 mingta oilaga (jami 84 335 kişi) 1 mln sömdan tarqatilişga qaror qilingan.
Şundan kelib çiqadigan bölsak, demak respublika böylab 150 mingta ehtiyojmand oilaga 1 mln sömdan tarqatiladi.
Xalqqa naqd pul körinişida pul tarqatiş kerakligi, bu iqtisodiy tomondan eng töğri qaror ekanligi xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan karantin boşlangandan buyon juda köp taʼkidlab kelinayotgan edi. Lekin şu çoqqaça aholiga yordam sifatida oziq-ovqat körinişida mahsulot tarqatib kelindi.
Öylaymanki, hozirgi boşlangan naqd pul tarqatiş taşabbusi har tomonla töğri qaror va buni qöllab-quvvatlagan holda imkon doirasida bardavom bölişiga tilakdoşman.
P.S.: faqat pullarni tarqatiş uçun muhtoj oilalarni aniqlaş mexanizmi qanday yölga qöyilgani ham muhim albatta. Umid qilamizki, pullar öz egalariga yetib boradi, tarqatişning töğri mexanizmini işga solişadi.
👉 @xushnudbek 👈


