Magistraturaga hujjat topşirişning oxirgi kuni

Matn30-iyul, 2020, 11:062 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun magistraturaga hujjat topşirişning oxirgi kuni

30-iyul, yaʼni bugun magistraturaga onlayn röyxatdan ötişning (hujjat topşiriş) oxirgi kuni.

Xohlovçilar magistr.edu.uz portali orqali ariza yuborişlari mumkin.

Maʼlumot uçun, 30-iyul soat 00:00 holatiga magistraturaga kiriş uçun ariza topşirgan abituriyentlar soni 65 ming 875 nafarni taşkil qilgan. Bugun bu raqam yanada köpaysa kerak.

Soliştiriş uçun köradigan bölsak, ötgan yili jami 25 ming 913 kişi, 2018-yilda esa 11 ming 999 kişi hujjat topşirgan.

Joriy yilda xohlovçilar bir neça barobar oşib ketganining asosiy sababi yoşlar birdan bilimga qiziqib, magistraturada öqigisi kelib qolganida emas, qiziqiş oldin qanday bölsa, hozir ham şunday. Şunçaki bu yil ortiqça qoğozbozlik va byurokratiya bekor bölib, barçasi onlayn, oson va qulay bölganida (birinçi yil şoşilinç bölgani uçun portaldagi ayrim texnik nosozliklarni hisobga olmaganda).

Pandemiyaning eng katta foydali tomoni bizda köplab qotib qolgan tuşunçalarni parçalab taşladi. Agar koronavirus bölmaganida bakalavr yoki magistraturaga hujjat topşiriş qaçon bunaqa töliq onlaynga ötardi, Xudo biladi. Ayrim konservatorlar “voy-dod, onlayn qilib bölmaydi, kerak bölsa abituriyentning özi hujjatlarini kötarib kelsin” deya qarşilik qilib turavergan bölardi.

Xalqqa körsatiladigan xizmatlardan foydalaniş qançalar oson bölsa, insonlar şunça köp faol böla boşlaydi, qança köp byurokratik talablar bölsa, şunça faollik kamayadi va eng asosiysi korrupsiya urçib ketadi. Bu aksioma, isbot talab qilmaydigan haqiqat.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek