Yoshlar daftari jamg‘armasi mablag‘larini sarflash tartibi

Matn12-mart, 2021, 20:592 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️«Temir daftar»ga kiritilgan oilalar farzandlarining tölov-kontrakt summasi 50 foizigaça tölab beriladi

Bu haqda 11-mart kuni Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror asosida «Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasining mablağlari quyidagilarga işlatilişi belgilandi:

💵 «Yoşlar daftari»ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoşlarga bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravarigaça (980 ming söm) miqdorda bir martalik moddiy yordam körsatişga;

📚 yoşlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga öqitiş böyiça nodavlat taʼlim taşkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigaça qismini qoplaşga;

🏢 «Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarga tadbirkorlik faoliyati hamda özini özi band qiliş maqsadida noturar joyning 12 oygaça ijara xarajatlarini köpi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigaça (6 mln 125 ming söm) miqdorda qoplaşga;

🛠 «Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarga tadbirkorlik faoliyatini boşlaş va özini özi band qilişga zarur bölgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qiliş uçun BHMning 40 baravarigaça (9 mln 800 ming söm) miqdorda subsidiya ajratişga;

🎓 mamlakatimizdagi OTMda öqiyotgan «Temir daftar»ga kiritilgan oilalar farzandlari tölov-kontrakt summasining 50 foizigaça, ammo BHMning 50 baravaridan oşmagan miqdorda (12 mln 250 ming söm) tölab berişga;

🚑 «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning ahvoli oğir bölgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolaniş bilan boğliq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oşmagan miqdorda (12 mln 250 ming söm) qoplaşga.

Jamğarmaning işçi organi Yoşlar işlari agentligining tuman (şahar) bölimlari etib belgilandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek