Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va vaksinatsiya masalalarini muhokama qildi

Matn1-aprel, 2021, 22:271 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev: «Heç qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuçaytiramiz»

1-aprel kuni aholi salomatligini saqlaş va koronavirusga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişda aytilgan muhim gaplar:

➖ ötgan yili ixtisoslaştirilgan markazlarda davolanişga muhtoj 84 ming nafar bemordan atigi 51 ming nafari bepul order bilan taʼminlangan. Prezident orderlar uçun mablağni deyarli 1,5 baravarga köpaytirib, qöşimça 80 milliard söm ajratiş böyiça Moliya vazirligiga körsatma berdi;

➖ bugungi kunda donor bemorning yaqin qarindoşi bölmasa, transplantatsiyaga ruxsat berilmagan. Oqibatda, köpçilik fuqarolarimiz bunday amaliyotni çet elda ötkazişga majbur bölmoqda. Şu bois inson aʼzolari transplantatsiyasining qonuniy asoslarini işlab çiqiş muhimligi taʼkidlandi;

➖ kelgusi öquv yilidan klinik ordinaturaning qabul kvotasi ikki baravarga oşirilişi belgilandi;

➖ 170 ta tuman va şahar tibbiyot birlaşmalarini kompyuter tomograflari bilan taʼminlaş böyiça topşiriq berildi;

➖ aprel-iyun oylarida xavf guruhiga mansub 4 milliondan ortiq aholini koronavirusga qarşi emlaş rejalaştirilgan. Hozirda 660 ming doza vaksina olib kelingan. Hukumat komissiyasiga Xitoydan yana 3,5 million doza va Rossiyadan 1 million doza vaksina sotib oliş böyiça körsatma berildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek