Körpaça ustidagi test savollari işiga prokuratura aralaşdi
Manba:Daryo — LIVE
Test savollarining kitobi körpaça ustida suratga olingan abituritent (ismi Ş.N. ekan) oxiri öqişdan haydalsa kerak. Işga va nihoyat prokuratura aralaşgan
Körpaça ustidagi test savollari kitobi esingizdami? Şu savollar kitobining egasi Samarqand davlat tibbiyot institutiga davlat granti asosida öqişga kirganidan ham xabardorsiz, albatta. Şu iş böyiça yangiliklar bor. Birinçidan, şu savollar kitobi egasining ismi-şarifi boş harflari — Ş.N., yaʼni uning kimligini bilişi kerak bölgan barça organlar allaqaçondan beri biladi. Ikkinçidan, bu işga va nihoyat prokuratura jiddiy aralaşişni boşlagan.
Boş prokuratura axborotida qayd etilişiça, «Samarqand sport öyini turlari va yengil atletikaga ixtisoslaşgan bolalar va sport maktabida 2018/2019 öquv yili uçun Samarqand davlat tibbiyot institutiga öqişga qabul qiliş böyiça 1-avgust kuni ötkazilgan test sinovlarida qatnaşgan abituriyent Ş.N.ga işlaş uçun berilgan va Davlat test markazida qatʼiy hisobda bölgan test savollar kitobining 5-varaği fotosurati nomaʼlum şaxs tomonidan internet orqali tarqatilganligi aniqlangan».
Mazkur holat yuzasidan Samarqand militsiyasi Tergov bölimi suriştiruvçisi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilgan. Tekşiruvlar natijasiga köra 13-sentabr kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan («qilmişida jinoyat tarkibi bölmagani bois gumonlanuvçini aybsiz deb topiş») jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qaror qabul qilingan.
Şundan söng militsiya suriştiruvçisining jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqidagi qarori qonuniyligini Samarqand viloyati prokuraturasi örganib çiqqan (xabarda bu örganişlar aynan qaçon ötkazilgani aytilmagan) va qarorni bekor qilgan — bunga bir qator qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlarini ötkaziş kerakligi sabab qilib körsatilgan. Viloyat prokuraturasi öşa qöşimça tekşiruvlarni ötkaziş böyiça Samarqand şahar prokuraturasiga topşiriq bergan.
«Endi qöşimça tergov harakatlari ötkaziladi», — deya xabar bermoqda «Kun.uz». Bu işning oxirida kamida Ş.N. öqişdan haydalsa kerak. Videokuzatuv kameralarini kuzatiş orqali boşqa aybdorlar — savollar kitobini zaldan olib çiqib ketganlar, bunga imkon yaratib berganlar, savollar kitobini zalga qaytarib olib kirganlar va bunga ham imkon yaratib bergan masʼullarni ham topiş çöt bölmasa kerak. Agar prokuratura işni mantiqiy yakunigaça olib borsa, u holda militsiya suriştiruvçisi nima sababdan jinoyat işi qözğatişni rad etganini ham alohida örganib çiqiş kerak. Balki u yerda ham biror qonun buzilgan çiqar.
Bu Davlat test markazining ham, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining ham, huquqni muhofaza qiliş organlarining ham obrösiga yaxşigina taʼsir körsatadigan iş — bu işning aʼlo yakuni obröga obrö qöşadi, paçava yakuni esa yuzni şuvut qiladi. Masʼullar şuni unutmasalar bas.

