Ota-onalarning çetga çiqişini taqiqlaş taklifi tanqidi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganTepadagi taklifni öqib, na kulişni, na yiğlaşni bilmaysan.
Öquvçi-qizlar nomidan Oliy Majlisga murojaat... Zör-a? Eşitilişi ajoyib, şunday emasmi?
Lekin bunaqa murojaat taşkillaştirilganini xalq sezmaydi, deb öylaşadimi?
Avval bir tuman kengaşi deputatining tilidan bu taklifni ayttirib körişdi. Endi esa öquvçi-qizlar nomidan murojaat körinişida ayttirişdi. Ertaga balki öşa çet elda yurgan ota-onalarning özini nomidan murojaat taşkil qilişsa kerak, «Iltimos, bizni Özbekistonga qaytaring va biz uçun çetga çiqişni taqiqlang» deya.
Odamlar çetga nima uçun çiqib ketişyapti? Nima uçun şirindan-şakar farzandlarini taşlab, uzoq yurtlarga, oğir işlarga ketişmoqda? Nima uçun ayni farzandlarini erkalatib, öynatadigan, özini haqiqiy baxtiyor inson sifatida his qiladigan payti öz ölan töşagini taşlab, qiyinçiliklar sari otlanişmoqda? Nimaga? Nimaga? Nimaga?
Özgalar tilidan murojaatnomalarni öylab topgandan köra, şu savollarga javob topiş kerak emasmi? «Har qanday muammoga yeçim - taqiqlaş» deya öylaşdan qaçon qutilamiz-a?
Bir latifa esga tuşib ketdi.
Bir insonning quloği oğrib qolibdi va şifoxonaga kelibdi. Xonani adaştirib, jarrohning oldiga kiribdi.
- Duxtir, quloğim oğriyapti.
- Yoting.
- Iya, nimaga?
- Operatsiya qilib, kesib taşlaymiz.
Bemor xonadan qoçib çiqibdi. Keyin lorning xonasiga kiribdi.
- Iya, duxtir, bormisiz. Sizni adaştirib, jarrohning oldiga kirib qolibman, "quloğim oğriyapti" desam, "yoting, kesamiz" deydi.
- E, özi jarrohlar şunaqa. Darrov kesamizga tuşadi. Mana, mana bu dorini içing.
- Şuni içsam tuzalamanmi?
- Yöq, quloğingizni özi uzilib tuşadi.
P.S.: bizdagi ayrim işlar ham şunaqa, quloq oğrisa, uni davolaşni emas, kesişni öylaymiz darrov.
P.S.-2: ming afsuski, bu gaplarimiz baribir befoyda. Mana, körasizlar, katta ehtimol bilan, baribir öşa qonun qabul qilinadi. Deputatlar qarsak çalib, qabul qilişadi hali. Voyaga yetmagan farzandi bor ota-onalarga xorijga çiqişga çeklov qöyilişiga oz qoldi, menimça. «Oç qolsang ham, şu yerda yur» prinsipi...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
