TDYUU magistraturasiga qabul qilişning yangi tartibi
2018-yil 4-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “Toşkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Unga köra quyidagi asosiy tartiblar örnatildi:
👉 TDYUU magistraturasiga kiriş imtihonlari 1-avgustdan 20-avgustgaça bölgan davr oraliğida quyidagi şaklda olib boriladi:
ÖzR fuqarolari uçun - yozma imtihon;
xorijiy fuqarolar uçun - suhbat;
👉 Yozma imtihon mutaxassislik fanlari va çet tili fani böyiça ötkaziladi;
👉 TDYUU magistraturasiga öqişga qabul qiliş uçun hujjatlar Internetning xalqaro axborot tarmoği orqali (‼️) 15-martdan 30-iyulgaça taqdim qilinadi;
👉 Kerakli hujjatlar (pasport, diplom va ilovasi, 3x4 rasm) PDF formatida yuboriladi;
👉 Agar abituriyent öqişga qabul qilinsa, 3 kun içida hujjatlarning aslini topşiradi, ungaça heç kim asl hujjatlarni topşirişi şart emas;
👉 Yozma imtihonni ötkaziş jarayoni videotasvirga oliş orqali amalga oşiriladi;
👉 Yozma imtihon böyiça maksimal ball 150 ballni taşkil etadi, uşbu ballar quyidagilardan taşkil topadi:
mutaxassislik fanlari böyiça - 0 balldan 100 ballgaça;
çet tili fani böyiça - 0 balldan 50 ballgaça.
👉 Quyidagi sertifikatlarga ega abituriyentlar çet tili fani böyiça yozma imtihonni topşirişdan ozod qilinadi va ularga eng yuqori ball (50 ball) qöşiladi:
- V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikati;
- CEFR böyiça V2;
- IELTS böyiça 6.0 ball (bunda writing modulidan 6.0 ball);
- TOEFL böyiça 95 ball (bunda writing modulidan 27 ball);
- TestDaF böyiça TDN3 ball darajasi;
👉 Har bir fan böyiça yozma imtihon uçun örnatilgan yuqori balldan 55 foizini yoki undan kam töplagan, şuningdek, belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar magistraturaga qabul qilinmaydi;
👉 Yozma imtihon natijalari TDYUUning veb-saytiga imtihonlar ötkazilgandan söng keyingi iş kunida joylaştiriladi;
👉 yozma imtihon natijalaridan norozi abituriyent natijalar eʼlon qilingandan 2 iş kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga şikoyat berişi mumkin;
👉 Abituriyentlar suhbat natijalari böyiça 55 ball yoki undan kam ball töplagan hollarda suhbatdan ötmagan deb hisoblanadi;
👉 Suhbat natijalari şikoyat qilinişi va apellyatsiya tartibida körilişi mumkin emas;
👉 Davlat komissiyasining TDYUU magistraturasiga qabul qiliş töğrisidagi qarori 30-avgustdan keçikmay qabul qilinadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

