Mehnat inspektorlari imloviy xatolari uçun diktant topşirdi
Keça Kun.uz saytida "Davlat mehnat huquq inspektori «yo» bilan «yo»ning farqiga bormaydimi: bir varaq qarorda 113ta xato!" degan maqola çop etilgan edi (https://kun.uz/51160435).
Bugun Bandlik va mehnat munosabtlari vazirligining Feysbukdagi sahifasida uşbu maqolaga quyidagi munosabat eʼlon qilindi (https://goo.gl/pnCqLo):
======================
Kun.uz axborot portalining “Davlat mehnat huquq inspektori «yo» bilan «yo»ning farqiga bormaydimi: bir varaq qarorda 113 ta xato!” maqolasiga javoban Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:
1. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi inspektorlari S.Quvvatov (Toşkent) va N.Norboyevga (Samarqand) “Özbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo luğati” sovğa qilindi (2 dona).
2. Nomlari keltirilgan inspeksiya xodimlaridan “Qarorlar tuziş va xizmat hujjatlarini rasmiylaştiriş” mavzusida nazorat diktanti olindi.
3. Inspeksiya xodimlariga bir oy muhlat berilib, muddat yakuniga köra ulardan öz ustida işlaganligi, töğri yoziş va grammatikaga oid bilim darajalari oşganligini tekşiriş uçun qayta nazorat diktanti olinadi.
Kun.uz axborot portaliga faolligi va kamçiliklarni körsatib ötganligi uçun minnatdorçilik bildiramiz.
======================
Kayfiyatni kötaruvçi javob va tezkor munosabat uçun vazirlikka katta rahmat 😂
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

