TDIU Samarqand filialidagi kvotalar bilan boğliq xatolik

Matn15-iyul, 2019, 20:032 daqiqa0 koʻrish

​​Kalavaning uçi topildi

Rasmiylarning javobini kutmasdan, döstlarning yordami bilan masalaga yeçim topdik. Abt.uz sayti admini bergan maʼlumotlar bizga asqotdi.

Demak, gap bunday. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining «Iqtisodiyot: oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti» yönalişi uçun dastlab 50 ta kvota deb eʼlon qilişgan va qabul ham şu kvota doirasida bölgan. Lekin aslida Davlat qabul komissiyasining 1-sonli bayonida bu yönalişga 25 ta kvota ajratilgan edi.

Bu yönalişga nima uçundir «Iqtisodiyot: qişloq xöjaligi iqtisodiyoti» yönalişining kvotasi ham qöşib yuborilgan.

Bugun esa ikkala yönalişni 25 tadan kvota bilan bir-biridan ajratişibdi. Ammo avval 50 ta kvotaga hujjat topşirgan abituriyentlar «Iqtisodiyot: oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti» yönalişida saqlab qolingan. Natijada uşbu yönalişga tanlov keskin (2 baravar) ortib ketgan. Çunki abituriyentlar 50 ta joy uçun topşirgan edida.

Yangidan qöşilgan «Iqtisodiyot: qişloq xöjaligi iqtisodiyoti» yönalişi esa böm-böş bölib qolgan. Ammo hozirni özida 212 kişi topşirişga ulgurdi. Böldi, işonib bu yönalişga bormanglar, endi befoyda )))

Bunday xatolik nima uçun bölgani menga qoronğu. Azbaroyi yaxşi gumonga borib, şunçaki texnik xatolik bölgan, deb qabul qila qolaman. Ammo bir xato ortidan, kimlar uçundir katta foyda yoki ziyon bölib ketişi mumkin.

P.S.: DTM bazasidagi yönalişlarning şifr kodi Davlat qabul komissiyasi bayonidagi şifr kodi bilan örin almaşib qolibdi, uni ham töğrilab qöyiş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek