DTM bazasida yangi yo‘nalish paydo bo‘lishi va texnik xato

Matn15-iyul, 2019, 19:092 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​«Yopiq fakultet» öyini yana qaytdimi?
#abituriyent

Xabar yangilandi (20:00): uşbu holatning sababi texnik xatolik ekanligi mana bu yerda tuşuntirildi: t.me/xushnudbek/2660
Xabar yangilandi (20:28): Davlat test markazi uşbu holat böyiça rasmiy izoh berib, texnik xatolik uçun uzr söradi: t.me/rasmiydtm/95

Hozirgina muştariylardan biri qiziq bir holatni xabar qildi.

Keça jiyani uçun qabul.dtm.uz bazasidan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialidagi yönalişlar va unga hujjat topşirganlar haqida maʼlumotni körib bergan. Öşanda bazada 4 ta yönaliş bölgan. Törttalasini nomma-nom öqib, topşirilgan hujjatlar sonini aytgan.

Bugun bazani qaraşsa, yönalişlar soni 5 taga aylanib qolibdi. Va kutilmaganda röyxatda «Iqtisodiyot: qişloq xöjaligi iqtisodiyoti» yönalişi ham qöşilib qolgan. Axir keça yöq edi-ku bu, deya hayron bölmoqda.

Uşbu faktni öz kanallarim orqali tekşirib kördim, haqiqatdan dastlab bazada bu yönaliş bölmagan (qölimda asosli dalillar bor).

Buni yana bir jihatdan ham osongina bilsa böladi. Topşirilgan hujjatlar soniga qarang: 4 ta yönalişning har biriga kamida 400 ta hujjat topşirilgan. Lekin bugun bazada paydo bölib qolgan va 25 ta örin ajratilgan yönalişga atigi 17 kişi (!!!) hujjat topşirgan. Buning şunçaki tasodif ekanligiga işonasizmi?

Nahotki bir neça yillar oldin ayrim OTMlarda juda maşhur bölgan «yopiq fakultet» usulidagi öyin yana qaytgan bölsa? Nahotki?

Ne ajabki, uşbu tasodif bizning eski tanişimiz – Iqtisodiyot universiteti bilan bölmoqda. Ha, ha, barçangizga yaxşi taniş bölgan öşa Narxoz!

Masʼullardan zudlik bilan izoh kutib qolamiz bu holatga!

P.S.: samarqandlik abituriyentlar, Siz esa qabulga qarab yuguring, tezda uşbu yönalişga hujjat topşiring, yoki topşirgan hujjatlaringizni boşqasidan qaytarib olib, bunga özgartiring. Qilmaymiz deyişsa, talab qiling!

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek