OTMlarga qabul kvotalari va minimum ball muammosi

Matn5-avgust, 2018, 19:432 daqiqa0 koʻrish

​​Bir jiddiyroq masala çiqib qoldi.

Köpçilik murojaat qilib, ayrim yönalişlarda aslida kvota köproq belgilangan bölsa ham, lekin undan kamroq talaba qabul qilişganidan şikoyat qilmoqda.

TATU Samarqand filialini aniq misol sifatida olaylik.

«Kompyuter injiniringi: AT-Servis» yönalişi rus guruhi uçun 3 ta grant, 11 ta kontrakt uçun kvota ajratilgan. Lekin rasmda qarasak, 3 ta grant, 1 ta kontraktga qabul qilişganini köriş mumkin.

Bu birgina misol, bu kabi misollar yuzlab topiladi.

Buning sababi nima? Köpçilik tuşunişga qiynalmoqda.

Gap şundaki şu yilgaça, Davlat qabul komissiyasining bayonnomasi asosida kontrakt uçun maksimal ballning 30%i, yaʼni 68 ball, grant uçun esa 33,1%, yaʼni 75 ball qabul çiziği etib belgilanar edi. Yaʼni garçi kvota uçun joy bölsada, lekin şu belgilangan balldan kam töplasa talabalikka tavsiya etilmas edi. Ötgan yili qöşimça kontrakt uçun 68 ball belgilangani ham öz-özidan emasdi.

Joriy yil hamda ham xuddi şunday böldi: kontraktda 68, grantda 75 ballni tagidan çiziq tortişdi.

Lekin bu yerda 2 ta tuşunmovçilik bor.

1. Joriy yilda maksimal ball pasaydi. Endi 30% lik çegara 56,7 ballda töxtaydi. Lekin nima uçun joriy yilda ham 68 ballni tagidan çizişgan, bu tuşunarsiz.

2. Undan ham muhimroq masala. Buni ötgan yili ham kötarib çiqqan edim. «Abituriyent falon balldan past olsa, kvota bölsa ham kira olmaydi» degan qoida bironta rahbariy normativ-huquqiy hujjatlarda, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, Nizomlarda, belgilanmagan. Biroq har yili Davlat komissiyasining bayonnomasi bilan şunday minimum çiziq tasdiqlanar ekan.

Eʼtiborli joyi, Davlat komissiyasining bayonnomalari “xizmat doirasida foydalaniş uçun” (maxfiy) maqomida böladi va heç qayerda eʼlon qilinmaydi.

Mana şunday maxfiy hujjatda keltirilgan qoida qay darajada kuçga ega? Axir buni abituriyentlarga yetkaziş kerak emasmi? Öyin qoidalari oçiq eʼlon qilinmasa ğirrom bölib qolmaydimi?

Boz ustiga ayrim manbalarning aytişlariça, Davlat qabul komissiyasining joriy yildagi 4 ta bayonnomasida abituriyent olişi kerak bölgan minimum çiziq belgilab berilmagan ekan.

Bundan kelib çiqadiki, DTMning uşbu qarori juda ham tuşunarsiz bölmoqda.
Umid qilamizki, mutasaddi şaxslar uşbu masalaga tez orada eʼtibor qaratişadi va muammoni bartaraf etişadi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek