Qumqörğon tumani hokimi örinbosari pora bilan uşlandi

Matn11-oktabr, 2018, 17:401 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yana bir hokim örinbosari pora bilan qölga tuşdi

Boş prokuratura matbuot xizmatining xabar berişiça, Departamentning Surxondaryo viloyat boşqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat DXX boşqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan tezkor tadbir ötkazibdi.

Tezkor tadbirda Qumqörğon tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari F.A. fuqaro M.A.dan Qumqörğon tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritiş uçun 0,08 ga. yer maydonini noturarjoy sifatida berilişini vaʼda qilib, 5000 AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Öz.R.JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yaqinda kanalim orqali sönggi 1 oy içida pora bilan qölga tuşgan hokimlik vakillarining röyxatini eʼlon qilgan edim. Mana, köp ötmay ular safiga yana biri kelib qöşildi. "Oxirgi tomçi qonimiz qolgungaça, pora olişda davom etaveramiz" deyişayotganday göyo, tovba qildim.

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek