Super-kontrakt uçun taʼlim krediti olsa böladimi
Super-kontrakt uçun taʼlim krediti olsa böladimi?
Köpçilikni qiziqtirayotgan savollardan biri - aynan şu.
Taʼlim krediti berişga oid qonun hujjatlari qabul qilingan paytda hali qöşimça kontrakt degan narsa yöq edi. Şu sababli bu masala normativ hujjatlarda aniq körsatilmagan.
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 26-iyuldagi 318-son qaroriga köra, taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan OTMlarning kunduzgi bölimlariga tölov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning öqişi uçun berilişi mumkin.
Bu yerda muhim joyi - «qabul qilingan» sözi. Qöşimça kontraktda avval 100% lik tölov amalga oşiriladi, undan keyin oktabr oylariga borib öşa abituriyentlarni qabul qiliş haqida qaror çiqadi. Toki tölovni amalga oşirmagunça ular talabalikka qabul qilingan hisoblanmaydi.
Şunga köra, super-kontrakt uçun taʼlim krediti beriş amaldagi qonunçilikda belgilanmagan.
Agar mabodo bölgan taqdirda ham, banklar baribir bermasdi, menimça. Çunki taʼlim krediti qayta moliyalaş stavkasi böyiça, yaʼni yillik 14% ga beriladi. Bu degani taʼlim kreditlari banklar uçun «nevigodno».
Şuningdek, taʼlim krediti uçun alohida katta resurslar ham ajratilmaydi, bunday şaroitda banklar bir neça yuz millionlab mablağini 14% lik kreditga ajratişni xohlamasdi albatta.
Yuqoridagilarni inobatga olib, banklardan super-kontrakt uçun kredit oliş amalda uşalmas orzu.
Özi 8 mln sömlik kontraktga kredit ololmay xalq sarson böladiku, 200 mlnga yöl bölsin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
