Davlat stipendiyalari beriş tizimidagi korrupsiya

Matn9-iyul, 2018, 13:091 daqiqa0 koʻrish

​​Talabalar uçun Prezident stipendiyasi va boşqa nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Uluğbek, Imom al-Buxoriy) beriş tartibi haqidagi sörovnomamizda jami 1222 kişi qatnaşdi.

Şundan 948 kişi, yaʼni 77,6% ovoz qatnaşuvçilar "korrupsiya va taniş-bilişçilik uyasi" deya baholaşdi.

193 kişi, yaʼni 15,8% ovoz beruvçilar "adolatsizliklar bölib turadi" degan fikrda.

Atigi 81 kişi, yaʼni 6,6% respondentlar "nisbatan adolatli ötişiga" işonişadi.

Sörovnoma juda ayançli natijani körsatdi, umumiy hisobda 93,4% insonlar stipendiyalar beriş jarayoni adolatli ötmaydi, degan fikrda.

Va men ham ular safida borman. Haqiqatdan ham stipendiyalar beriş tizimini tubdan qayta körib çiqiş kerak, keskin özgartiriş lozim. Ötgan yili bilvosita mana şu tizimga aloqam böldi va kördimki, şu darajada maynavozçiliklar köp bölar ekanki, asti qöyaverasiz. Bunday maynavozçiliklar OTMlarning özida rektorlarning "rahnamo"ligida boşlanib, vazirlikka ulanib ketadi. Qölimda bir dunyo dalillar ham töplanib qoldi.

Hammasiga imtiyozlar sababçi. Magistraturaga imtihonsiz byudjetga kiriş imtiyozi ayrim insonlarni har qanday közböyamaçilik qilişga undaydi, masʼullarni esa vijdonini unutişiga şaroit yaratadi.

Xullas, taʼlim tizimidagi katta korrupsiya va taniş-bilişçiliklardan biri bölgan bu tizimning islohotiga ham tez orada navbat kelişiga umid qilib qolamiz.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek