Xotin-qizlar qömitasi samarqandlik ayolga yordam körsatdi

Matn8-iyul, 2018, 19:392 daqiqa0 koʻrish

​​Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi samarqandlik ayolga qanday yordam körsatdi?

Bugun 8-iyul kuni IIB xodimi tomonidan tahqirlangan ayol bilan uçraşiş uçun Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Narbayeva Samarqandga taşrif buyurdi.

Respublika Xotin-qizlar qömitasi vakillari kattaqörğonlik ayolning oilaviy şaroiti bilan yana bir bor tanişib çiqdi.

Psixolog yollandi

Ayolning ruhiy holati örganildi va xotin-qizlar qömitasining tavsiyasiga köra unga lozim paytda kömak beriş uçun psixolog Şahnoza Mamayusupova biriktirildi.

Advokat yollandi

T.N. misolida yana bir bor guvoh böldik, inson hayoti davomida özi istagan va istamagan paytlarda huquqiy himoyaga muhtoj böladi. Advokat Azamat Aşurboyev T.N.ga lozim paytda maslahat berişga masʼul etib biriktirildi va u tergov-suriştiruv jarayonida huquqiy yordam beradi.

Hamşira yollandi

Bundan taşqari, patronaj hamşira Nilufar Hayitova, Olmazor mahalla fuqarolar yiğini xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassis Inobat Ergaşevalar uning holidan muntazam ravişda murabbiy sifatida xabar olib turadi.

Savdo dökoni oçib berildi

Kattaqörğon tuman hokimligi xotin-qizlar qömitasining taklifini inobatga olib, ayolga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida maktab öquv qurollari va kansellyariya mahsulotlari bilan savdo qiliş uçun kiçik savdo dökoni taşkil qilib beradigan böldi.

Farzandlari sportga jalb etildi

Farzandlari hududda faoliyat körsatayotgan sportning karate tögaragiga jalb etildi.

Uy-joyi taʼmirlandi

Hududdagi tadbirkorlar va mahalla faollarining taşabbusi bilan ayolning uy-joyi taʼmirlanmoqda.

Mazkur oilada mehmon bölgan Boş vazir örinbosari, respublika xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva N.T.ga şunday dedi:

«Singlim N.T. Siz bir vaqtlar adaşib jinoyatga qöl urganingiz bir umr jinoyatçi bölib qoldingiz degani emas. Bundan aslo öksinmasligingiz kerak. Mahalla, xotin qizlar qömitasi sizga hayotingizni izga tuşirib olişingizda albatta yordam qölini çözadi. Buning uçun barçamiz masʼulmiz».

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek