Xorvatiya terma jamoasining irodali g'alabasi

Matn8-iyul, 2018, 02:031 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xorvatiya 2 safardan buyon penaltilar seriyasida ğalaba qozonmoqda. Va ikki safarda ham öta alamli vaziyatda xarakter körsatişyapti.

Yodingizda bölsa, Daniya bilan öyinda qöşimça taymlarning 116-daqiqasida Luka Modriç penaltidan gol ura olmagan edi. Urganda ğalaba deyarli naq bölardi.
Bugun esa Rossiya 115-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Yana bir ğalaba qöldan ketdi.

Bu jamoaga juda katta ruhiy zarba böladi, raqiblarga esa qöşimça kuç beradi.

Lekin xorvatlar mana şunday qiyin vaziyatda ham asablari joyida ekanini penaltilarda isbotlamoqda. Bu haqiqiy mardlar xarakteri! Mardlar esa ğalabaga loyiq!

Xorvatiya va ayniqsa bugun eng yaxşi öyinçi deya topilgan Luka Modriçga yarim finalda omad tilayman. Angliya bilan çiroyli öyin köramiz, menimça. Ikki marta 120 daqiqadan köproq töp surgani öyin şiddatiga taʼsir qilmaydi, degan umiddaman.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek