Sifatsiz taʼlim va Qozoğistondagi fojialar sababi

Matn21-aprel, 2019, 13:423 daqiqa0 koʻrish

​​«Mendan sörasangiz – hammasiga sifatsiz taʼlim aybdor deyman»

Ming afsuski, Qozoğistondagi avtobus halokati fojialarning birinçisi emas, oxirgisi ham bölmasa kerak (lekin oxirgisi bölsin, deb duo qilamiz).

Ötgan yilgi 52 nafar yurtdoşlarimizning ölimi bilan yakunlangan Oqtöbe fojiasidan keyin «Mendan sörasangiz – hammasiga sifatsiz taʼlim aybdor deyman» nomli maqola yozgandim, ayrim parçalarni keltiraman:

«Qanday fojia yuz berganini his qilib köryapsizmi özi?

Qançadan-qança oila suyangan toği, oila boşisini yöqotdi. Qançadan-qança ota-onalar navqiron, ayni kuçga tölgan farzandu jigarbandidan ayrildi. Vodiy uzra motam qora buluti kezib yuribdi...

Ijtimoiy tarmoqlarda bularga kim aybdor, degan savollarni köp berişmoqda. Ayrimlar işsizlikdan tortib, bilet narxlarigaça, qişloqlarda şaroit yöqligidan tortib marhumlarning özlarini ham aybdor qilib körsatişgaça borişyapti.

Lekin mendan sörasangiz, bularning barçasiga sifatsiz taʼlim aybdor, deb javob beraman.

Işsizlik köpmi? Çunki, taʼlim tizimimiz yangi iş örinlarini oçadigan, innovatsion ğoyalar, taşabbuskorlik bilan yaşaydigan har tomonlama yetuk kadrlar yetiştirib bera olmayapti.

Tadbirkorlarimiz rivojlanmayaptimi? Çunki, taʼlim tizimimiz tadbirkorning yuragi bölgan kuçli menedjerlar, marketologlar, uzoqni köra oladigan moliyaçilarni yetiştirib bera olmayapti.

Korrupsiya kuçlimi? Çunki taʼlim tizimimizning boşlaniş buloği korrupsiyadan boşlanadi. Boğçaga bolangizni qöyişdan pul bilan boşlaganingizdan keyin u toki institutni tugatib diplom olgungaça qançadan-qança qorni qappaygan vijdonsiz rahbarlarning çöntagini boyitişingiz kerak.

Çetda mardikorlik qilişyaptimi? Çunki taʼlim tizimimiz zamonaviy mehnat bozoriga bardoş bera oladigan, raqobatbardoş kadrlar tayyorlab bera olmayapti. Bizning taʼlimdan çiqqanlarning köpçiligi (hammasi emas) nari borsa köça supuriş yoki quriliş qilişga yarayapti xolos.

Xöş, yana qaysi soha kerak? Yurtimizda malakali şifokorlar kammi? Çunki tibbiy taʼlim çirib bitgan. Yurtimiz öz tabiiy boyliklaridan maqsadli foydalana olmayaptimi? Çunki neft-gaz, geologiya va şu kabi sohalarda piçoqqa ilinadigan mutaxassis tayyorlaş taʼlim tizimimiz uçun amri mahol.

Yurtimiz yerlari kam samarali ekinlar bilan band qilinyaptimi? Çunki taʼlim tizimimiz qişloq xöjaligi, irrigatsiya-melioratsiya sohasida birorta natija körsata olmayapti.

Umuman mamlakatimizda qaysi soha oqsayotgan bölsa, qaysi sohada tizim işdan çiqqan bölsa, bilingki ularning tag zamirida sifatsiz taʼlim yotadi. Taʼlimi rivojlanmagan, öqituvçisi hurmatga ega bölmagan jamiyat heç vaqoga erişa olmaydi. Bunday jamiyatning boşida faqat motam böladi xolos.

Qozoğistondagi fojiada kiriş imtihonlarida nafsiga qul bölib, millatiga xiyonat qilayotgan korrupsioner masʼullarning hissasi bor.

Qozoğistondagi fojiada öqituvçini paxta dalasiga haydagan, ularga köça supurtirgan masʼullarning hissasi bor.

Qozoğistondagi fojiada öqituvçilarni qoğozbozlikka kömib, har bir yötalgani uçun ham hujjat söraydigan tizimni yaratib qöygan masʼullarning hissasi bor.

Qozoğistondagi fojiada sessiya paytlari jaraq-jaraq pullar evaziga kallasi böm-böş talabalarni himoya qiladiganlarning hissasi bor.

Qozoğistondagi fojiada sifatli taʼlim tizimini yaratiş uçun masʼul bölgan, lekin buni şunça yildan buyon uddalay olmayotgan barçaning hissasi bor.

Kelgusida bunday fojialar yana takrorlanmasligi uçun «bizda hammasi yaxşi, taʼlimga eʼtibor katta, köp mablağlar ajratyapmiz, kiriş imtihonlarida qinğirliklar aniqlanmadi, 5-6 nafar öquvçilarimiz xalqaro olimpiadada örin oldi, demak tizim zör» degan oldi-qoçdi gaplarni bugundan yiğiştirib, ilm-fanni, intellektual olamni rivojlantiriş, öqituvçilarning nufuzi va salohiyatini oşiriş yölida jiddiy islohotlarni boşlaşimiz kerak.

Ertaga keç bölişi mumkin... Har 2-3 oyda özga yurtga iş izlab ketayotgan 50-60 nafar begunoh yurtdoşlarimizdan ayrilib qolişni jimgina kuzatiş oğir».

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek