Sardoba fojiasi aybdorlari javobgarlikka tortilişi şart
Sardoba fojiasi: «Asr öpirilişi» aybdorlari suvdan quruq çiqa olmasligi şart
Maqola muallifining barça fikrlariga qöşilaman. Korrupsiya, öğrilik, taniş-biliş va qarindoş-uruğçilikni yöqotmas ekanmiz, bizni muqarrar falokat va çuqur inqiroz kutmoqda.
Bundan taşqari byudjetdan, yaʼni xalq pulidan sarflanayotgan har bir xarajatlar xalqqa maksimal oçiqlanişi kerak. Tegişli mutasaddilar xuddi özini şaxsiy pulini sarflayotganday bilganini qilmasligi, yopiq eşiklar ortida millionlab dollarlik bitimlar imzolanmasligi, xalq pullari şubhali loyihalar uçun bebiliska sarflanmasligi kerak.
Umuman juda köp işlar qilişimiz kerak. «Sardoba» fojiasi yoki bizni tubdan özgartiradi, yoki biz yana 20-30 yillar körinmas korrupsiyaga qarşi özimizça qoğozda kuraşib, özimizni aldab, botqoqqa botib yuraveramiz.
Uşbu fojia yangi Özbekiston uçun buriliş nuqtasi bölişi kerak. Yaxşi tomonga albatta.
👉 @xushnudbek 👈


