Sherzod Shermatov rahbarlarni maktabga borishga chaqirdi
Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov rahbarlarni öz maktabiga borişga çaqirdi
«Yoşlarimizni öqişga motivatsiyasini oşirişga birgalikda harakat qilaylik!
Barça vazirlik va idoralar rahbarlariga 5-sentabr kuni özlari öqigan maktabga borib, yangi öquv yili boşlanişi munosabati bilan ötkaziladigan tadbirda iştirok etişlarini sörab murojaat qilgan edik.
Unga köra, maktabdagi tadbirda har bir rahbar özining hayotidan misollar keltirib, ular erişgan muvaffaqiyatlarda maktabdagi taʼlim va tarbiyaning roli katta bölgani, qolaversa, öquvçilarga maktab davrida yaxşi öqib, vaqtdan unumli foydalaniş muhimligi haqida qisqaça maʼruza qilib beriş taklifi berilgandi.
Quvonarlisi, köpçilik vazirlik va idoralar rahbarlari hamda joylardagi hokimlar tomonidan uşbu taklif ijobiy qabul qilinib, 5-sentabr kuni maktablardagi tadbirlarda qatnaşişga tayyor ekanliklari bildirildi.
Şuningdek, maktab bitiruvçilari orasida hayotda köpçilik havas qiladigan boşqa soha vakillari ham köp. Ular orasida bugungi kunda taniqli tadbirkorlar va xalq xizmatida yurgan insonlarning jamiyatda tutgan örni beqiyos.
Fursatdan foydalanib, ularni ham 5-sentabr kuni öz maktablariga kelib, yoşlarni öz hayotiy tajribalari asosida motivatsiya qilişga hissa qöşişga taklif etamiz. Bu öquvçilarda özi öqiyotgan maktabdan faxrlaniş tuyğusi hamda yanada yaxşiroq öqişga intiliş şakllanişiga öziga xos turtki böladi.
Maktablarda muammolar va qilinişi kerak bölgan işlar juda köp, lekin eng asosiysi, bolalarimizni öqişga çin dildan qiziqtira olsak, eng katta natijaga erişgan bölamiz. Şunda ular qiyinçiliklarga qaramay özlari öqişga intiladigan böladilar.»
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

