Saylovçilarga eng kerakli maʼlumotlar
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Saylovçilarga eng kerakli maʼlumotlar
Ertaga bölib ötadigan Oliy Majlis hamda mahalliy kengaş deputatligi uçun saylovlarda saylovçilar uçun eng kerakli maʼlumotlarni töplaşga harakat qildim:
👉 ovoz beriş ertalab soat 8:00-dan keçki 20:00-ga qadar davom etadi;
👉 özingiz bilan pasport yoki yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasini olişni unutmang;
👉 agar haligaça qaysi saylov uçastkasida ovoz berişingizni bilmasangiz, unda elections.uz/uz/site/polling-station manziliga kirib, tuğilgan sana va pasport raqamini kiritgan holda ertaga ovoz beradigan uçastkangizni aniqlaşingiz mumkin;
👉 saylov byulletenini yaşirin ovoz beriş kabinasida yoki xonasida yolğiz özingiz töldirasiz;
👉 ovoz beriş uçun özingiz yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi röparasida, öng tomonda joylaşgan böş kvadratga «➕» yoki «✔️» yoxud «✖️» belgisini qöyişingiz kerak;
👉 töldirgan saylov byulleteningizni saylov qutisiga taşlaysiz. Özingiz bilan esdalik uçun olib ketib qolmang;
👉 mabodo byulletenni buzib qöysangiz, unda yangisiga almaştirib berişni iltimos qilişingiz mumkin;
👉 istalgan nomzodingizga ovoz berişingiz yoki heç kimga ovoz bermasligingiz mumkin (faqat imkoni bölsa, byulletenni böş qoldirmang);
👉 saylovga boriş ham majburiyat emas, huquq. Ammo avval köp bora taʼkidlaganimizdek, albatta saylovga boriş hamda nomzodlar orasida eng munosibi yoki nisbatan yaxşiroğiga ovoz berişingiz tavsiya etiladi.
👉 @xushnudbek 👈

