Saylovoldi taşviqoti materiallarini olib qöyiş talabi bekor qilindi
Markaziy saylov komissiyasi eslatadi!
“Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, “binolarga, inşootlarga va boşqa joylarga ilgari joylaştirilgan saylovoldi taşviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qöyilişi”ga oid majburiy talabni nazarda tutuvçi “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov töğrisida” va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlariga saylov töğrisida”gi qonunlar öz kuçini yöqotgan deb topildi.
Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 950-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi taşviqotini olib boriş tartibi töğrisidagi nizomning 12-bandiga muvofiq binolarga, inşootlarga va boşqa joylarga ilgari (saylov kunidan ikki kun oldin) joylaştirilgan saylovoldi taşviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berişdan bir kun qolganida olib qöyilişi majburiy hisoblanmaydi.
