Saylovlarda sukunat kunida nimalar taqiqlanadi

Matn20-dekabr, 2019, 19:212 daqiqa0 koʻrish

Sukunat kunida nima qiliş mumkin emas?

Ertadan boşlab, yaʼni 21-22-dekabr kunlari saylovlarda sukunat kuni boşlanadi.

Saylov kodeksining 44-moddasiga binoan, saylov kuni va ovoz berişga bir kun qolganida saylovoldi taşviqotga yöl qöyilmaydi.

Bu nima degani?

Yaʼni ertadan boşlab, qaysidir partiya yoki nomzodga ovoz berişni tarğib qiliş mumkin emas. Bundan taşqari kodeksda belgilangan quyidagi taşviqot turlarini (şakl, usul) amalga oşiriş taqiqlanadi:

- siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi töğrisidagi axborotni özining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berişga daʼvat etgan holda tarqatiş;
- nomzod töğrisidagi axborotni uni yoqlab ovoz berişga daʼvat etgan holda tarqatiş;
- omma oldida oçiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yiğilişlari, intervyular, OAVlarda çiqişlar, roliklarni joylaştiriş;
- saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkaziş.

Uşbu taqiqlangan taşviqot turlari barça körinişdagi bosma, körgazmali, audiovizual va boşqa taşviqot materiallariga (plakatlar, varaqalar va boşqa materiallar) hamda barça OAVlarga va Internetga taalluqli.

❗️Şuningdek, TV, radio hamda Internet saytlaridagi partiya reklamalari olinişi, PR maqolalarni çiqariş töxtatilişi, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda partiyalar yoki nomzodlarni tarğib qilib maʼlumotlar qoldirilmasligi, blogerlar maʼlum bir partiya yoki nomzodlar haqida (maqtov yoki tanqidligidan qatʼi nazar) postlar yozmasligi, video yoki rasmlarni tarqatmasligi kerak.

Bundan taşqari, saylov kuni va ovoz beriş boşlanişidan bir kun oldin jamoatçilik fikri sörovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, ötkazilayotgan saylov bilan boğliq boşqa tadqiqotlarni eʼlon qiliş (hammaga maʼlum qiliş), şu jumladan axborot tarmoqlariga, şuningdek Internet jahon axborot tarmoğiga joylaştiriş taqiqlanadi.

Bu nima degani?

Yaʼni 21-22-dekabr kunlari saytlarda, bloglarda hamda ijtimoiy tarmoqlarda «Qaysi partiyaga ovoz berasiz?», «Sizningça, qaysi partiya ğolib böladi?», «Qaysi partiya dasturi Sizga yoqdi?» va h.k. mazmundagi sörovnomalar ötkaziş yoki avval ötkazilgan sörovnomalar natijasini eʼlon qiliş mumkin emas.

Nimalar mumkin?

Sukunat kuni degani, saylov haqida heç narsa yozib bölmaydi, degani emas. Partiya yoki nomzodlarga ovoz berişni tarğib qilmaydigan (ularni maqtab yoki tanqid qilmaydigan), saylov haqida umumiy mazmundagi maqolalar, postlar, fikrlar bildiriş mumkin (sörovnomalar mumkin emas).

Masalan, saylovga boriş yoki bormaslik haqida, ovoz beriş tartibi haqida, saylov qonunçiligi töğrisida va h.k.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Parlament va deputatlar haqida tushuncha

    03 daqiqa

  2. Özbekistonda yer qimirlaşi qayd etildi

    01 daqiqa

  3. Siyosiy debatlar va partiyalar tanqidi tarixi

    02 daqiqa

Yana oʻqing