Siyosiy debatlar va partiyalar tanqidi tarixi

Matn20-dekabr, 2019, 16:462 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bir debat tarixi

2014-yilgi saylovlardan oldingi debatlarda ÖzLiDeP partiyasiga “Nima uçun partiya saylovdan oldingi vaʼdalarini bajarmadi?” deya savol bergandim. Videosini quyidagi havola orqali YouTube orqali körişingiz mumkin.

Debatdan keyin "katta akaxonlarning" köpçiligi, “Prezident saylangan partiyaga bunaqa savol berib bölmaydi, bu bilan sen Prezidentni ham vaʼdabozga çiqarib qöyding, endi özingga yomon böladi” deb rosa qörqitişgan (u paytlarda bunday talqin juda qörqinçli edi har holda).

Baxtli tasodif tufaylimikin, menga heç qanday yomonlik bölmagan, Xudoga şukr.

Baxtli tasodif deganimning sababi, bizning debat saylovdan oldingi eng oxirgi debat edi. Ungaça bölgan debatlar rahmatli Birinçi Prezidentimizga yoqmagan, “nega tanqid yöq, faqat quruq gaplar” deya masʼullarga dakki bergan. Şu sababli bizning debat syomkasiga Prezident Devonidan bir neçta vakillar hamda şaxsan MTRK raisi Alişer Xodjayevning özi kelgandi. Ular bizga “Bemalol tanqid qilaveringlar, çiqaramiz, şunaqa topşiriq böldi” deyişgan. Va rostdan debatda aytilgan barça gaplarni deyarli kesmasdan efirga berişgan.

Şu sababli bölsa kerak tanqidlar ham ekran yuzini körgan va tanqid aytganlarga ham keyinçalik yomonlik qilişmagan.

Xayriyatki, hozir holat keskin özgargan. Partiya vakillari siyosiy debatlarda bir-birini yoki Prezident saylangan partiyani tanqid qilişga ruxsat oliş uçun Devondan vakil kutişmayapti, MTRK raisi tepasida turmayapti, partiyalar turli mavzularda öz pozitsiyasini bildiriş uçun tegişli idoralar bilan oldindan kelişmayapti (menimça şunaqa), partiya raislari ayrim qonunlarni qörqmasdan “Konstitutsiyaga zid” deb baralla aytişyapti…

Debatlar erkinroq bölgani uçun ham siyosiy jarayonlarga tayyor bölmagan insonlar tomonidan baʼzan "qovun tuşirişlarni" ham köryapmiz, bu ham tabiiy hol, menimça.

Xullas, ahvol ança yaxşi. IMHO.

P.S.: özi partiyalarga, deputatlarga tez-tez vaʼdalari haqida eslatib turiş, ulardan hisobot talab qiliş kerak. Aslida xalq bunday hisobotni mansabdorlarining barçasidan, davlat rahbaridan tortib, quyi hokimlargaça, Boş vazirdan tortib, vazirlargaça, talab qilişga haqli.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek