Oltiariqda oşxona xörandalari IIBga olib ketildi

Matn24-avgust, 2018, 19:402 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​SAVOL: 17-avgust kuni keç soat 22:30 larda Oltiariq tumani markazidagi oşxonada ovqatlanib ötirgan edik. Birdan töpalon bölib, militsiya xodimlari kelib xamma xörandalarni avtobusga zörlik işlatib qamab tuman iibga olib kirib ketişdi va xammani telefonini obdon tekşirib, barça şaxsiy malumotlarni yozib barmoq izi olib, hammamizni rasmga olib keyin çiqarişdi. Taxminan 3 soatça uşlab turişdi. Sababini sörasak boş vazir qarori borligini aytişdi. Bu xolatda iib xodimlari qançalik xaq yoki noxaq. Qonunlarimizda keçasi 22:30da umumiy ovqatlaniş şaxobçasida ovqatlanayotgan xörandani iibga olib kirib otpeçatka olib uç soat uşlab turişi mumkinligi yozilganmi?
Aytişlariça, Farğona viloyati hokimining farmoyişi bor emiş, Telegramdan yuborişdi. Şu haqida fikringizni aytsangiz.

JAVOB: Hozirça heç qanday rasmiy qaror yöq. Şunçaki qaror loyihasi muhokamaga qöyildi xolos.

Hali rasmiy qaror bölmasa ham, oğzaki topşiriq bölgani aniq va şuning özi salla emas, kalla oliş uçun yetib ortadi pastdagilarga. Xullas, nima ham derdim, köpga kelgan töy, çidaysizda, boşqa iloji yöqku baribir 🤷‍♂️ (hozir yuzlab qonunlardan iqtibos keltirib, ularning nohaqligini isbotlaganim bilan foydasi böladi deb öylaysizmi?).

Viloyat hokimining farmoyişiga kelsak, eng avvalo uning haqiqiy yoki soxta ekanligini tekşiriş kerak. Bunisiga baho bera olmayman. Lekin Namanganda şunga öxşaş bir holat bölgandi, bu haqida kanalimda yozgandim. Namangan şahar hokimining şu kabi buyruği normal jamiyatlarda bölgani kabi sud orqali noqonuniy deya eʼtirof etilgandi. Hattoki bunga Adliya vazirligi ham yordam bergandi. Siz ham Farğona viloyati hokimining farmoyişini noqonuniy deb topiş böyiça sudga berib köring. Çunki hali Hukumat qarori yöqku. Bu safar Adliya vazirligi yordam beradimi yoki yöq, bunisini bilmadim lekin. Sababi hozir hölu quruq birday yonayotgan payt.

Hamma narsani taqiqlab ketaveraylikçi, bir gap bölar...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek