Rafael Nadal — Australian Open çempioni va rekordçi

Albom30-yanvar, 2022, 20:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🎾Nadal — çempion va rekordçi!

Australian Open turniri finalida 🇪🇸Rafael Nadal dramatik bahsda 🇷🇺Daniil Medvedev ustidan ğalaba qozondi.

Dastlabki ikkita setda Medvedevning qöli baland kelgandi (6:2, 7:6). Biroq 35 yoşli Nadal iroda körsata oldi va super kambek evaziga keyingi 3 ta setni öz foydasiga hal qildi (6-4, 6-4, 7-5).

Bu Nadal uçun Katta Dubulğa turkumiga kiruvçi turnirlardagi 21-ğalabasi. Va u rekord örnatib, tarixga kirdi.

Hozirda Rojer Federer va Novak Jokoviçlar hisobida 20 tadan Katta Dubulğaga kiruvçi kubok bor.

Rafael Nadalning aşaddiy muxlisi sifatida özimni özim tabriklayman! :)

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2796
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek