Özbekiston va Italiya terma jamoalari ğalaba qozondi

Matn12-iyun, 2021, 09:181 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAlbom

Bugun tunda men muxlislik qiladigan 2 ta jamoa ğalaba qozondi.

Birinçisi - albatta, Özbekiston MTJ. Vatanimiz jamoasi Jahon çempionati-2022 va Osiyo kubogi-2023 qöşma saralaş bosqiçida Yaman terma jamoasi ustidan kiçik 1-0 hisobida ğalaba qozondi. Yagona golni Jaloliddin Maşaripov penaltidan kiritdi. Hisob yanada kattaroq bölişi mumkin edi, ammo Odil Ahmedov 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.

Afsuski, guruhdagi ahvolimiz juda unçalik quvonarli emas. Oxirgi öyinda Saudiya Arabistoni ustidan ğalaba qozonsakkina keyingi bosqiçga çiqamiz. Mağlubiyat va hattoki durang natijada ham guruhda qolib ketiş ehtimoli juda yuqori. Çunki guruhdagi 2-örinlar bahsida natijamiz yetarli bölmay qoladi.

Yigitlarimizdan 15-iyun kungi muhim bahsda faqat va faqat ğalaba kutib qolamiz!

Ikkinçisi - Italiya terma jamoasi. 1998-yildan buyon Italiyaga muxlislik qilaman. Bugun tunda “Moviy gvardiya” Yevro-2020 çempionatining oçiliş marosimida Turkiya ustidan 3-0 hisobida ustun keldi. Odatda guruh bahslarida qiyin öynaydigan Italiyaning bunday işonçli ğalabasi odamni şubhaga solib qöydi :)

P.S.: agar Rolan Garros turniri yarim finalida men muxlislik qiladigan Rafael Nadal ham ğalaba qozonganida ideal keça bölardi öziyam. Afsuski grunt kortlar qiroli Rafa dunyoning 1-raqamli raketkasi Djokoviçga yutqazib qöydi. Lekin öyin dahşat böldi. Maestrolar fantastik öyin körsatişdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek