TDYUU akademik litseyi bitiruvçilari suhbat asosida öqişga kiradi

Matn11-iyun, 2021, 18:061 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

TDYUU akademik litseyi bitiruvçilari TDYUUga suhbat asosida qabul qilinişi mumkin

Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazilgan (röyxat raqami 3308, 09.06.2021 y.) nizomga köra TDYUU bakalavriatiga abituriyentlar qabul parametrlaridan taşqari TDYUU tomonidan belgilanadigan örinlar soniga mos ravişda qabul qilinib, tölov-kontrakt asosida öqişi mumkin.

❗️Öqişga qabul qiliş suhbat natijalariga köra, reyting tizimi böyiça töplangan ballar asosida amalga oşiriladi.

✅ Akademik litsey bitiruvçilari har yili 20-iyundan keçikmasdan maxsus komissiyaga tavsiyanoma berişni sörab ariza bilan murojaat qiladi.

✅ Yakka tartibdagi suhbat har yili 10-20-iyul kunlari ötkaziladi.

✅ Suhbat natijalari reyting tizimi böyiça abituriyentga qöyilgan (0 dan 100 gaça oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi.

✅ Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etişda video va audioyozuvlardan foydalaniladi.

✅ Natijalar suhbat ötkazilgandan söng keyingi iş kunida TDYUU rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

⛔️ Yakka tartibdagi suhbat qayta ötkazilmaydi.

❗️ Akademik litsey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek