5 yil iş stajiga ega fuqarolar OTMga suhbat bilan kiradi
5 yil iş stajiga ega bölgan fuqarolar OTMga suhbat asosida qabul qilinadi
Hukumat qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil iş stajiga ega bölgan fuqarolarni sirtqi va keçki taʼlim şakliga suhbat natijalariga köra tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqişga kirişi uçun tavsiyanoma beruvçi vazirlik, idora va yirik xöjalik birlaşmalari röyxati har yili 1-iyulgaça tasdiqlanib, OAVda eʼlon qilinadi.
Vazirlik, idora va yirik xöjalik birlaşmalari tomonidan 100 nafargaça talabgorga tavsiyanoma beriladi. Tavsiyanomaga ega fuqarolar har yili 20-iyuldan 10-avgustgaça DTMning maxsus elektron tizimi orqali röyxatdan ötkaziladi.
Suhbat jarayoni har yili 20-avgustdan 30-avgustgaça bölgan muddatda taşkil etiladi.
Natijalarga köra, 100 ballik baholaş mezonida 55 ball va undan yuqori ball töplagan abituriyentlar OTM rektori (direktori) buyruği bilan tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Tartib 2022-yil 1-maydan kuçga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3



