Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Qonuniy taksiçilikdagi byurokratiya va muammolar

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

​​Qonuniy taksiçilik haqida

Feysbukda Şerzod Qosimov ismli foydalanuvçi taksiçilik bilan qonuniy şuğullanişdagi qoğozbozlik va byurokratiya haqida quyidagiça post qoldirdi:

«Özingni avtomobilingni özing ijara olib, taksilik bilan şuğullansang, juda alam qilarkan. Aqlga siğmaydi.

Gap şundaki, yengil avtomoşinam bilan qonuniy kirakaşlik qiliş maqsadida yengil avtomoşinaga yöllovçi taşiş uyuşmasiga bordim. Uyuşmaga aʼzo bölişim uçun qanday hujjatlar qilişim kerakligini örgandim.

1. Avtomoşinamni uyuşmaga ijaraga berganimni notarius orqali tasdiqlab berişim kerak ekan. Notarius tasdiqlab bergani uçun 430.000 ming söm xarajati öz kissamdan tölar ekanman.

2. Avtomoşinamni sariq ranga böyaşim kerak ekan. Usta haqqi hammasi özidan 1.000.000 söm ekan.

3. MROdan uyuşmani davlat raqamini va tex pasportini olişim kerak ekan. MROdan uyuşmani davlat raqamini va tex pasporti uçun 700.000 söm özim xarajat qilib olişim kerak.

4. Transport vazirligi arizamni körib çiqişi uçun 223.000 söm tölab olişim kerak.

5. Respublika böyiça yengil avtomoşinada yöllovçi taşiş uçun bir yillik litsenziyaga 669.000 söm tölab, olişim kerak.

6. Avtomobil Majburiy suğurtasi 44.000 ming sömga özim olişim kerak.

7. Yöllovçilarni taşiş suğurtasini 661.000 söm özim olişim kerak.

8. Şaşka, nakleyka, yaşil çirok, taksometr 4.5-5 mln söm atrofiga böladi. Şularni ham özim olişim kerak ekan.

Şu tölovlarni amalga oşirib bölganimdan söng, uyuşmani aʼzosiga aylanaman. Undan keyin uyuşmaga har oyda 1.000.000 sömdan berib borarkanman. Uyuşmadan heç qanday yordam yöq, faqat mehnat daftarçangizga iş staji yozilarkan. Kuniga uyuşmaga 33.000 sömdan özimni avtomoşinamni özim ijaraga haydaganim uçun berib boraman. Mana amaldorlar nimani öylab topişgan. Ofarin!

Hozirda iş tanqisligi uçun köp odamlar özini taksiçilikka urgan. Şu vaziyatni bilib turgan amaldorlarimiz işni çigallaştirib, nimaga erişmoqçi? Kirakaşlik bilan şuğullanuvçi şaxslarga oldingidek YATTni qöllasa böladi-ku. Oddiy arifmetika-ku.

Nima kerak odamlarni qiynab, özi odamlar qiynalib yaşab kelmoqda. Qozoğistonda soddalaştirib taşlagan, Qozoğistonda taksiçilik bilan şuğullaniş YTT ruxsatnomasi mini marketlarga sotilib yotibdi, sotvolib qonuniy işlab yuravergin, marhamat. Bizda esa dabdala».

Post tugadi.

Uşbu postga Transport vazirligidan munosabat kutib qolamiz.

Adaşmasam, yaqinda oddiy patent bilan taksiçilik qiliş mumkinligi haqida Prezident qarori qabul qilingan edi. Şuning ijrosi nima bölyapti? Qaçondan amalga oşadi? Köpçilikka qiziq mavzuda batafsilroq maʼlumot berilsa yaxşi bölardi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek