Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Qayroqqum suv ombori haqidagi xabarlar yolğon çiqdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalFoto1 daqiqa0
Сирдарё вилояти ҳокими Ғофуржон Мирзаев тунда автомобил устида туриб аҳолига мурожаат қилмоқда

14-yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlar orqali Tojikiston hududida joylaşgan Qayroqqum suv omborining yorilişi natijasida suv toşqini sodir bölganligi töğrisida yolğon xabarlar tarqaldi.

Bu xabar toşqindan zarar körgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uyğotgan. Ayrimlar öz yaşaş hududini tark etişga oşiqqan holatlar ham böldi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga köra, bundan xabar topgan viloyat hokimi tumanlarga yetib borgan. 

Ğofurjon Mirzayev bu kabi xabar tarqalişiga heç qanday asoslar mavjud emasligini bildirdi. Hokim aholini yolğon miş-mişlarga işonmaslikka va sarosimaga tuşmaslikka çaqirdi.

Şuningdek, Özbekiston FVV ham rasmiy xabar berib, Tojikistondagi favqulodda vaziyatlarga masʼul idoradan olingan aniq maʼlumotlarga köra, Qayroqqum suv ombori buzilmagan va normal holatda işlayotganini maʼlum qildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek