Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Sardoba suv ombori dambasidan suv çiqişi yuzaga keldi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

​​⚡️Voqea joyiga Boş vazir yetib borgan. Halok bölganlar yöq

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 1-may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylaşgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv çiqişi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qörğontepa aholi yaşaş punktiga suv kirgan.

Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi maʼlum böldi.

Qayd etiş joiz, Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi (FVB) va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat quyi tizimiga (FVDT) kiruvçi taşkilotlar bilan hamkorlikda Sardoba tumani “Qörğontepa” MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yaşaş punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, "Qörğontepa", "Döstlik", "Yurtdoş" MFYlardan jami 11598 nafar aholi şular jumlasidandir.

Bundan taşqari, suv bosiş xavfi bölgan “Quytoş”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan aholini evakuatsiya qiliş rejalaştirilmoqda.

Voqea joyiga respublika hukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar boşqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boşqa tegişli taşkilotlar rahbarlari yetib borib, evakuatsiya tadbirlarini taşkillaştiriş, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça işlarni muvofiqlaştirib bormoqdalar.

Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 nafar şaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan nafar 120 şaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MVBRQMdan nafar 60 şaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MGdan nafar 276 şaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etildi.

❗️Jabrlangan va halok bölganlar böyiça maʼlumot kelib tuşmagan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 18
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek